Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aysbergning kichkina bo‘lagi ustida uxlayotgan ayiq tasviri qalblarni larzaga soldi

Aysbergning kichkina bo‘lagi ustida uxlayotgan ayiq tasviri qalblarni larzaga soldi

Foto: Nima Sarikhani/Wildlife Photographer of the Year

Shpitsbergen sohilidagi Arktika dengizidagi aysbergning qoldig‘i ustida uxlayotgan yosh oq ayiqning yurakni ezuvchi tasviri rostdan barchani ogohlikka chorlayotgandek. Ushbu ta’sirli kadrni britaniyalik havaskor fotograf Nim Sarixani olgan, deb yozadi  Live Science nashri.

Bu manzara Shimoliy qutbdan 800 kilometr uzoqlikda, Shimoliy qutb doirasining chuqurligida joylashgan Norvegiyaning Shpitsbergen arxipelagiga yaqin joyda fotograf tomonidan tasvirga olingan.

Sarixinining aytishicha, u ekspeditsiya a’zolari bilan oq ayiqlarni topishga harakat qilgan. Uch kunlik umidsiz qidiruvdan so‘ng kema yo‘nalishini o‘zgartirdi va janubi-sharqqa harakatlanadi. Aynan shu yerda ekipaj a’zolari ikkita oq ayiqni payqadi. Tun yarimlashidan oldin  fotograf yosh ayiqning suzib ketayotgan mayda aysbergga chiqib, panjalari bilan o‘ziga «to‘shak» o‘yganini, keyin uxlab qolganini kuzatadi.

Keyinchalik Sarixini «Muz to‘shak» deb nomlangan tasvirni yovvoyi tabiat haqidagi surat tanloviga taqdim etadi va g‘olib bo‘ladi.

Tabiat tarixi muzeyi direktori Duglas Gurrning so‘zlariga ko‘ra, Nim Sarixining ushbu surati sayyoramizning go‘zalligi, nozikligi va shu bilan birga xavf ostida ekanini yana bir bor eslatadi. Iqlim o‘zgarishi bugungi kunda qutb ayiqlarining yovvoyi tabiatda omon qolishi uchun eng katta tahdidlardan biri hisoblanadi, chunki Yerning isishi sovuq hayotga o‘rgangan hayvonlar uchun zarur bo‘lgan dengiz muzlarini eritadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda tabiatda bor-yo‘g‘i 26 000 ta qutb ayiqlari qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring