Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstriyada ikki o‘zbekistonlik talaba aviahalokatga uchradi

Avstriyada ikki o‘zbekistonlik talaba aviahalokatga uchradi

«Dunyo» AA O‘zbekiston elchixonasiga tayanib, Avstriyaning Karintiya federal yeri Diks shahri yaqinida Evektor SportStar RTC ( S5-DNS) o‘quv samolyotida aviahalokatga uchragan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining ahvoli haqida xabar bermoqda.

Xabariga ko‘ra, voqea joriy yil 4-oktyabr kuni sodir bo‘lgan va halokat oqibatida Sloveniyadagi «Aviation Career Center» aviamaktabining talabalari bo‘lgan 21 yoshli K.N. va A.X. Karintiya federal yeri klinikalaridan biriga yetkazilgan.

«O‘zbekiston diplomatlari vatandoshlar bilan bog‘landi. Shifokorlarning xabar berishicha, K.N. va A.X.larga zarur yordam ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, elchixona Karintiya huquq-tartibot idoralari vakillari, tibbiyot muassasalari ma’muriyati va boshqa tegishli tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatdi va vaziyatni nazoratga oldi», – deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring