Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Atambayev ochlik e’lon qildi

Atambayev ochlik e’lon qildi

Foto: «Kaz.zakon.kz»

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Bishkekdagi tergov izolyatoriga o‘tkazilganidan so‘ng ochlik e’lon qildi. Bu haqda uning advokati Zamir Jooshev xabar berdi, deb yozadi «24.kg».

Huquqshunosning so‘zlariga ko‘ra, Atambayev ilgari o‘limga hukm qilingan mahbuslar saqlangan yerto‘laga joylangan. Binoda 26-oktyabrdagina isitish ta’minoti ishga tushirilgan. Ustiga-ustak, u yerda kanalizatsiya ishlamaydi.

Almazbek Atambayev 2019-yil yozda jiddiy jinoyatchini noqonuniy ozod qilish bo‘yicha korrupsiyada ayblanib, 11 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. Shuningdek, u Qo‘ytoshda sodir etilgan voqealarda ham ayblanmoqda.

4-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan so‘ng Bishkekda tartibsizliklar boshlandi. 6-oktyabrga o‘tar kechasi Atambayev namoyishchi olomon tomonidan qamoqxonadan ozod etildi. 9-oktyabr kuni u mitingda qatnashdi. Keyingi kuni uni yana hibsga olishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring