Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Arktikada xavotirli hodisalar: u global falokatga aylanishi mumkin

Arktikada xavotirli hodisalar: u global falokatga aylanishi mumkin

Grenlandiyadagi Arktika tadqiqot bazasida muzliklar jadal erimoqda. Amerikalik olimlar oroldan har kuni okeanga olti milliard tonna suv quyilishini qayd etishgan. 

Muzli orolda ayni paytdagi harorat anomal sanaladi.

Masalan, bugun, 28-iyul kuni havo harorati 16 darajagacha ko‘tarilgan. Bu normadan 10 daraja yuqori. Tadqiqotchilar Arktikada global isishi butun dunyoga qaraganda ikki baravar tezroq ekanligini isbotladi.

Va bu global falokat tahdidir.

«O‘tgan 1000 yil ichida, vikinglar davridan to hozirgi kungacha, biz faqat bitta ajralib chiqqan aysbergning izlarini topdik — 1887-yilda. 2000-yildan keyin esa to‘rtta. Muammo kuchayib bormoqda.

Agar ekvatorda bir yarim daraja isish unchalik sezilmasa, bu yerda, Grenlandiyada harorat darhol 6 darajaga ko‘tariladi. Bu juda jiddiy muammo», — deydi professor Yorgen Peder Shteffensen (Nils Bor instituti).

Eslatib o‘tamiz, Verxoyansk shahri (Yoqutiston, Rossiya)da 2020-yilning 20-iyunida Arktikadagi eng yuqori issiq harorat rekordi o‘rnatilgan, termometrlar +38 darajani ko‘rsatgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring