Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arktikani yaqin o‘n yilda jiddiy muammo kutmoqda

Arktikani yaqin o‘n yilda jiddiy muammo kutmoqda

Arktika yaqin 10 yil ichida dengiz muzidan butunlay mahrum bo‘lishi mumkin. Kolorado Boulder universiteti (AQSh) olimlari guruhi hududda yoz oylarida muz qoplami tobora ko‘proq eriyotganini va qishda yo‘qotishlar qoplanmasligini aniqladi.

Dengiz muzining kamayishi Yer iqlimiga global ta’sir ko‘rsatadi. Okeanlar tezroq isiy boshlaydi, bu qutb muzliklarining tez qisqarishiga va quruqlikdagi issiqlik to‘lqinlarining kuchayishiga olib keladi.

Arktika muzlarini muntazam sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish 1978-yilda boshlangan. Xuddi shu vaqtdan boshlab muz qoplamining pasayishi qayd etildi.

2015-yildan 2023-yilgacha Arktikadagi dengiz muzining maydoni 3,3 million kvadrat kilometrni tashkil etdi. Eng past daraja sentyabr oyida, yozgi issiqlik davridan keyin va sovuq havo boshlanishidan oldin kuzatiladi.

Yangi kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, yozda ham, qishda ham Arktikada muz kamroq bo‘ladi. Olimlar birinchi  muzsiz kun 2030-yillarda kelishi mumkin degan xulosaga kelishdi. Muz qoplamining qisqarishi har qanday holatda ham, issiqxona gazlari chiqindilarining o‘zgarishidan qat’iy nazar davom etadi.

Ochiq suv davri dastlab taxminan bir oy davom etadi, keyin esa ortadi. Olimlarning prognozlariga ko‘ra, 2067-yilda Arktika nafaqat sentyabr oyining minimal davrida, balki avgust va oktyabr oylarida ham muzdan xoli bo‘ladi. Bu mahalliy ekotizimlar uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring