Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh urushlarga 20 yilda qancha sarfladi?

AQSh urushlarga 20 yilda qancha sarfladi?

Foto: «MyJoyOnline.com»

So‘nggi 20 yilda AQSh harbiy harakatlar uchun qariyb 5,9 trillion dollar ishlatdi. «Business Insider» yozishicha, Braun universiteti professori Neta Kroufordning tadqiqotlarida bu raqamlar ko‘rsatib berilgan.

Pullar taqsimoti quyidagicha: Pentagon xarajatlari; Davlat depatamentining urushlar bilan bog‘liq xarajatlari; urush veteranlariga ajratilgan mablag‘lar; urush uchun olingan qarzlar foizlarini qoplash, terrorchilik xurujlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliyotlar, ichki xavfsizlik vazirligining terrorizmga qarshi xarajatlari.

Tadqiqotda ko‘rsatilishicha, AQSh oxirgi 20 yilda qatnashgan urush harakatlarida salkam yarim million kishi halok bo‘lgan: harbiy harakatlarda halok bo‘lgan 480 mingdan ortiq kishining 244 ming nafari — tinch aholi vakillari. Shu urushlar oqibatida 10 million kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan.

Hisobotda taxmin qilinishicha, agarda AQSh urushlardagi ishtirokini 2023-yilda to‘xtatsa, umumiy harbiy xarajatlari 6,7 trillion dollarga yetadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring