Sobiq prezident jarrohlik stoliga yotqizildi
AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter ovga ketishida tos suyagidan jarohat olgani uchun jarrohlik stoliga yotqizildi.
Xabarlarga ko‘ra, operatsiyadan eson-omon o‘tib olgan sobiq davlat rahbarining ahvoli o‘nglanmoqda.
— Prezident (sobiq) yovvoyi kurkalarni ov qilish mavsumi shu haftada tugayotganidan va qushlarni otishga limiti «kuyib ketayotganidan» afsusda. U Jorjiya shtati shu foydalanilmagan limitni keyingi ov mavsumida ishlatishga ruxsat berishidan umidvor», — deb bayonot berdi Karter markazi matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun: Jeyms Erl (Jimmi) Karter 1924-yilning 1-oktyabrida tavallud topgan. AQShning 39-prezidenti (1977—1981-yillar, Demokratlar partiyasidan). Nobel Tinchlik mukofoti sohibi (2002-yil). AQSh prezidentlari orasida eng uzoq umr ko‘rgan inson — bu yil kuzda 95 yoshini qarshilaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter