Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angolada 50 kishi jodugarlik sinovida halok bo‘ldi

Angolada 50 kishi jodugarlik sinovida halok bo‘ldi

Angolada jodugarlikda ayblanayotgan 50 dan ortiq kishi jodugarlikni sinab ko‘rish uchun suyuqlik ichishga majburlanganidan so‘ng vafot etdi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, mahalliy aholi bu o‘simlik qaynatmasi zulmat kuchlari bilan aloqa qilish uchun sinovdir, deb hisoblashgan. Ushbu amaliyot qurbonlari orasida barcha yoshdagi odamlar bor, aksariyat holatlar yanvar va fevral oylari orasida qayd etilgan.

Politsiyasi vakilining nashrga aytishicha, o‘simlik infuzionidan foydalanish oqibatida vafot etganlar soni ortib bormoqda va bu mahalliy hokimiyat organlari uchun jiddiy muammoga aylanmoqda. Biroq, Angolada jodugarlikda ayblanganlarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun qonun yo‘q, shu sabab muammoni hal qilish jamoalar ixtiyoriga qoldirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring