Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Afrika orzusi». 54 mamlakat erkin savdo zonasiga qo‘shildi. Bitta mamlakatdan tashqari...

«Afrika orzusi». 54 mamlakat erkin savdo zonasiga qo‘shildi. Bitta mamlakatdan tashqari...

Niger prezidenti Mahamadu Issufu AfCFTA shartnomasini imzolamoqda.

Foto: «Vovworld.vn»

«Qora qit’a»ning 55 mamlakatidan 54 tasi Afrika kontinental erkin savdo zonasini tuzish shartnomasiga qo‘shildi. Hujjat 2020-yilning 1-mayidan kuchga kiradi. Bu haqda Afrika ittifoqi (AI) vakillari xabar berishdi.

«RFI Kiswahili» axborot agentligi xabar tarqatishicha, Afrikaning 32 mamlakati davlat rahbarlari Nigerda o‘tgan AI sammitida qatnashib, yuqoridagi shartnomaga imzo chekishgan.

Kontinental erkin savdo zonasi kotibiyati shtab-kvartirasi Gana poytaxti — Akkra shahrida joylashadi.

Aksariyat davlat rahbarlari ushbu tashabbus qit’a uchun tarixiy yangi davrni boshlab berishini e’tirof etishdi.

Afrika kun tartibida turgan eng muhim vazifalardan biri erkin savdo zonasiga asos solish edi. Shuning uchun ham AI komissiyasi raisi Musa Faki Mahamatning ta’kidlashicha, ishonch bilan aytish mumkinki, «Afrika orzusi» nihoyat amalga oshdi.

Erkin savdo zonasiga qo‘shilmagan qit’adagi yagona mamlakat — Eritreya.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring