Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda 144 yoshli otaxon olamdan o‘tdi

Afg‘onistonda 144 yoshli otaxon olamdan o‘tdi

Muhammad Amin Totor.

Foto: VK.COM/AFGHAN_VOICE

Afg‘onistonning Samangon viloyatida mamlakatning eng keksa fuqarosi mavlaviy Muhammad Amin Totor 144 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Interfaks» Afg‘oniston milliy televideniyesiga asoslanib xabar berdi.

Qarindoshlari bergan ma’lumotga ko‘ra, Buyuk mavlaviy sifatida tanilgan Muhammad Amin Totor 144 yoshda bo‘lgan.

U 90 yil avval, Omonulloxon davrida, Hindistondagi madrasada tahsil olib qaytgan, umri davomida mamlakatda 15 ta hukumat almashganiga guvoh bo‘ldi.

Muhammad Amin to‘rt marta uylangan, o‘z farzandlarining bir necha avlodlarini ko‘rdi.

Ta’kidlash kerakki, Muhammad Aminning shuncha yoshga to‘lishi hujjatlarda rasman aks etmagan, uning hayoti haqida faqat qarindoshlari bergan ma’lumotlar shohidlik beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring