Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘oniston sobiq bosh vaziriga suiqasd uyushtirildi

Afg‘oniston sobiq bosh vaziriga suiqasd uyushtirildi

Aamaj News yozishicha, Kobul janubi-g‘arbidagi masjid yonida portlash va otishma yuz berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki nafar xudkush Afg‘oniston Islom partiyasi bo‘linmasiga hujum qilgan (masjid bo‘linma hududida joylashgan).

Manbalarga ko‘ra, terrorchilarni tansoqchilar to‘xtatib qolishgan. Bu paytda Afg‘oniston Islom partiyasi asoschisi Gulbiddin Hikmatyor juma namozini ado etayotgandi.

Hujum qilganlar o‘ldirilgan, ulardan biri bungacha portlovchi moddani iishga tushirishga ulgurgan. Boshqa o‘lganlar va jarohat olganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Gulbiddin Hikmatyor 1993-1994 va 1996-yillarda Afg‘oniston bosh vaziri bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring