Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2024 yil rekord darajada issiq bo‘ladi — olimlar

2024 yil rekord darajada issiq bo‘ladi — olimlar

2023 yil rekord darajadagi eng issiq yil bo‘ldi va kelgusi yil bundan ham issiqroq bo‘lishi mumkin. Buning sabablaridan biri El-Nino fenomeni — Tinch okeanining ekvatorial qismidagi suvning sirt qatlami haroratining o‘zgarishi bilan bog‘liq isish.

Jahon meteorologiya tashkiloti 2023 yil tugamasidanoq uni rekord darajadagi eng issiq yil deb atadi, yilning birinchi 10 oyi davomida global harorat o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1,4 darajaga yuqori bo‘ldi. Britaniya meteorologiya xizmati 2024 yilda havo harorati bu ko‘rsatkichdan 1,5 darajadan oshib ketishini istisno qilmadi.

Bloomberg‘ning yozishicha, 2024 yilda haroratning oshishi El-Nino hodisasi bilan bog‘liq. Bu 2023 yildagi haroratga ham ta’sir qildi. Teskari jarayon, suvning sirt qatlami soviganida, La-Ninya deb ataladi. Ikkala hodisa ham siklik jarayon, albatta neytral faza ham mavjud.

Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi katta olimi Maykl Makfeden Tinch okeanidagi suvning isishi va sayyoradagi sirt haroratining ko‘tarilishi o‘rtasida kechikish borligini ta’kidladi, shuning uchun El-Ninoning ikkinchi yili ko‘pincha issiqroq bo‘ladi.

Jahon meteorologiya tashkilotiga rahbarlik qiluvchi meteorolog Petteri Taalas 2024 yil avvalgi yildan ham «issiqroq» bo‘lishini ta’kidladi. Janubiy Amerika,Markaziy va Sharqiy Osiyoda qish oylarida yog‘ingarchilikning ko‘payishini bashorat qilindi. Qurg‘oqchilik yoki suv toshqini kabi ekstremal hodisalar kuchayadi, dedi Taalas.

O‘tgan yili El-Nino ta’siridan biri Markaziy Amerikadagi quruq ob-havo bo‘ldi, bu Panama kanalini suv bilan ta’minlaydigan Gatun ko‘lining qurib qolishiga olib keldi. Natijada kanaldagi suv sathi pasayib, uning o‘tkazuvchanligi jiddiy ravishda pasaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring