Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sun’iy intellekt aytganingizni chizadi

Sun’iy  intellekt  aytganingizni  chizadi

Tumshug‘i kalta, qora qanotli sariq qushcha. Sun’iy intellekt ijodi.

Foto: «Microsoft»

«Microsoft» kompaniyasi sun’iy intellekt bazasida ishlab chiqqan texnologiya matnga qarab rasm chizadi (masalan, tumshug‘i kalta, qora qanotli sariq qushcha).

GAN (Generative Adversarial Network) deb nomlanuvchi bu texnologiya mashina o‘qishning ikki modelini birlashtiradi: biri matnga qarab rasm chizsa, ikkinchisi uning qanchalik o‘xshaganiga baho beradi. Bu tandem rasm sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Matnni rasmga aylantirish texnologiyasi dizayner va rassomlarga eskizlar yaratishda qo‘l kelishi mumkin. Loyiha mualliflarining fikricha, katta hisoblash vositalari jalb etilsa, bu algoritm ssenariy bo‘yicha animatsion filmlar yaratishi ham mumkin ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring