Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev barcha viloyatlarda IT-parklar qurishga topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev barcha viloyatlarda IT-parklar qurishga topshiriq berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.

«Kun.uz»ning xabar berishicha, uchrashuv davomida Shavkat Mirziyoyev 2020 yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari — IT-parklari qurilishini ma’lum qilgan.

«2020-yildan respublikaning barcha hududlarida yoshlarning startap loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan IT-parklar quriladi. Har bir viloyat hokimi IT-parklarni qurishga mas’ul bo‘ladi», — deb ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

Nashrning yozishicha, davlat rahbari o‘z nutqida yangi quriladigan texnologik parklar faoliyatiga katta ishonch bildirgan.

«Agar biz yoshlarning yangi startap loyihalarini jamiyat hayotiga tatbiq qila olsak, rivojlanish bo‘ladi. Bu dasturlarni amalga oshirsak, xatolarimiz kamroq bo‘ladi», — dedi davlat rahbari.

Yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Yoshlar ittifoqini Yoshlar ishlari agentligiga aylantirishni taklif qildi hamda «Vatan iftixorlari» institutini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring