Qozog‘istonda 3,2 mingga yaqin sayt bloklandi
2019-yilda Qozog‘istonda 3,2 mingga yaqin sayt noqonuniy deb tan olingan va respublikadagi radikal oqimlarga qarshi kurash doirasida bloklangan, deya ma’lum qildi mamlakatning Axborot va ijtimoiy rivojlanish vaziri Aida Balayeva.
«2019-yilda 5300 dan ortiq internet-resurslar tahlil qilindi, ulardan 3200tasi faoliyati noqonuniy deb topildi va ularning barchasi o‘z vaqtida bloklandi», — dedi u hisobot yig‘ilishida.
Uning ta’kidlashicha, «bu boradagi eng muhim narsa aholining radikal oqimlarga qarshi immunitetini yaratish va mamlakatda dinlararo nizolarning oldini olish»dan iborat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter