Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik «xaker»lar bankomatni 15 daqiqada «buzib», xalqaro tanlovda uchinchi bo‘lishdi

O‘zbekistonlik «xaker»lar bankomatni 15 daqiqada «buzib», xalqaro tanlovda uchinchi bo‘lishdi

Foto: «infosec.uz»

2018-yilning 15-16-may kunlari Moskva xalqaro savdo markazida VIII amaliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha «Positive Hack Days» xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Axborot va jamoat xavfsizligi markazi xabar berdi.

«Positive Technologies» kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu anjumanda kiberhimoya bo‘yicha yetuk mutaxassislar va xakerlik olamining elitasi, axborot xavfsizligi sohasidagi davlat tuzilmalari hamda yirik biznes vakillari va yosh olimlar jam bo‘lishdi.

Amaliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha «Positive Hack Days» sakkizinchi xalqaro forumining kun tartibidagi iqtisodiyotni raqamlashtirishda davlat va nazoratchilarning roli; moliyaviy texnologiyalarning raqamlashtirilishi; o‘ta muhim axborot infratuzilmasining xavfsizligi hamda axborot xavfsizligi xatarlarini kamaytirish va nazorat qilish bo‘yicha choralar, jismoniy xavfsizlikni ta’minlashning uslublari va vositalari bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Axborot va jamoat xavfsizligi markazi mutaxassislari bankomatni buzish va qurilmadan pullarni yechib olish vazifasi qo‘yilgan «Leave ATM Alone» nomli individual tanlovida ishtirok etishib, 15 daqiqada vazifani uddalay oldilar. Turli mamlakat vakillari qatnashgan tanlov natijalariga ko‘ra, markaz mutaxassislari uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Foto: «infosec.uz»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring