Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oq uyning yangi veb-sayti chiquvchi kodida yashirin murojaat borligi aniqlandi

Oq uyning yangi veb-sayti chiquvchi kodida yashirin murojaat borligi aniqlandi

Foto: «USA.one»

Yangi prezident (Jo Bayden) inauguratsiyasidan so‘ng Oq uyda ko‘p narsalar o‘zgardi, «uy»ning veb-sayti ham.

Yangi sayt ishga tushishi bilan ko‘pchilik «WhiteHouse.gov»ni sinchiklab o‘rganishga tutindi — shunchalikki, hatto chiquvchi kodigacha yetib borib, yashirin murojaatga duch kelishdi.

G‘aroyib topilmani «Microsoft» dasturchisi Isaak Hepvort ochdi. Murojaat xodimlarni ishga olish haqida. «Agarda siz buni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, yanada yaxshilanishimiz uchun ko‘magingiz kerak», — deyiladi AQSh Raqamli xizmati (USDS)ning ishga olish to‘g‘risidagi e’loni joylangan sahifaga eltuvchi havola ko‘rsatilgan ushbu murojaatda.

USDSga 2014-yilda asos solingan, vazifasi federal organlarga axborot texnologiyalari masalalarida maslahat yordami ko‘rsatish, fuqarolar uchun raqamli xizmatlar sifatini yaxshilash va boshqalar.

Yaqinda ushbu xizmat COVID-19 bemorlari haqida ma’lumot to‘plashda ko‘maklashish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi va ijtimoiy xizmatlar bilan birlashgandi. Raqamli xizmat qo‘shilganidan so‘ng mamlakatdagi qariyb 99 foiz shifoxonalar hukumatga statistikani haftasiga kamida bir martadan taqdim etishga o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring