Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ob-havo qanday aniqlanadi?

Ob-havo qanday aniqlanadi?

Foto: Google.com

Ob-havo va uni oldindan qanday bo‘lishini bilish masalalari insoniyatni qadim zamonlardan qiziqtirib kelgan.

Qadimiy davrlardanoq odamlar atrof tabiiy muhit o‘zgarishlarini kuzatganlar va shunga asoslanib ob-havo o‘zgarishlarini oldindan aniqlashga harakat qilganlar. Ilmiy asosga ega ilk ob-havo bashoratlari 19 asr o‘rtalariga tegishli. 20 asrning 20-yillarini meteorologiyada yangi, hozirgi kunda ham qo‘llanib kelinayotgan sinoptik tahlilni joriy etish davri deb hisoblash mumkin.

Ob-havoni prognozlash 21 asrda mustahkam ilmiy asosga ega bo‘lsada, biroq bugun ham murakkab fizik masalalardan biri hisoblanadi.

Hozirda ob-havo ma’lumotlarini tuzish jarayoni katta miqdordagi ma’lumotlarni kompleks tahlil qilishdan iborat. Avvalambor, bu — ham yer yuzasida, ham butun Yevroosiyo hududi bo‘yicha atmosferaning turli qatlamlarida ob-havoning faktik holati to‘g‘risida ma’lumotlar. Bu ma’lumotlarni olish uchun kechayu-kunduz har uch soatda kuzatuvchi meteorologlar meteomaydonchalarga chiqib kuzatuv (harorat, namlik, bosim, shamol yo‘nalishi va tezligi, yog‘inlar kabi) o‘tkazadilar. O‘zbekistonda bu jarayonlarni rivojlangan mamlakatlardagi kabi avtomatlashtirish ishlari olib borilmoqda. Kuzatuv natijalari prognoz markazlariga yetkazib beriladi va sinoptiklar ixtiyoriga kelib tushadi.

Shu yerning o‘ziga radiozondlash stansiyalari tomonidan uzatiladigan atmosfera qatlamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, murakkab termo va gidrodinamika tenglamalari yechimlaridan iborat raqamli modellar natijalari kelib tushadi. Ushbu barcha ma’lumotlar Jahon meteorologiya tashkiloti a’zosi sifatida O‘zbekistonga yetakchi prognoz markazlari tomonidan taqdim etiladi. Yerning sun’iy yo‘ldoshlaridan va radiolokatorlardan olingan ma’lumotlardan keng foydalaniladi.

Prognozchilarning vazifasi mavjud butun axborotni tahlil qilish, meteorologiya fani yutuqlaridan foydalangan holda o‘z bilimi, tajribasi, va hatto intuitsiyasiga tayanib tayyorlangan ob-havo ma’lumotlarini hammaga yetkazishdan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring