Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobiuz kompaniyasi Sirdaryo aholisi uchun qo‘ng‘iroqlarni bepul qildi

Mobiuz kompaniyasi Sirdaryo aholisi uchun qo‘ng‘iroqlarni bepul qildi

Mobiuz mobil operatori Sirdaryo viloyatining bir qator hududlarida aloqani tikladi hamda viloyat aholisi uchun qo‘ng‘iroqlarni narxlanmaydigan qildi.

Qayd etilishicha, Sardoba suv ombori to‘g‘onidan suv toshqini yuzaga kelishi oqibatida ushbu hududlardagi uyali aloqa bilan ta’minlashga ham ta’sir ko‘rsatdi. Mobiuzning 14 ta baza stansiyasi faoliyatini tiklash uchun kompaniya mutaxassislari tomonidan tezkor texnik ishlar olib borilgan. Elektr energiyasi uzilgan hududlarda dizel-generator uskunalari orqali stansiyalar faoliyati ta’minlanib turilmoqda. Eng katta talofat ko‘rgan hududlardagi yana 5 ta ob’yektda suv bosishi oqibatlarini bartaraf qilish ishlari bilan bir maromda aloqa tiklanadi.

Mobiuz mobil operatori sirdaryoliklarga yordam qo‘lini cho‘zgan holda qo‘ng‘iroqlar nol qiymatidagi narxlashga o‘tganligini ma’lum qildi. Ya’ni, kompaniyaning har qanday tarif rejasidan foydalanayotgan aholi daqiqalar to‘plami yakunlangandan keyin may oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi mumkin.

«Sirdaryoliklar uchun o‘z yaqinlari, xayrixohlar, davlat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lish juda muhim. Shuning uchun Mobiuz mehr va e’tibor ko‘rsatgan holda viloyat aholisi uchun tarif rejasidan qat’iy nazar cheksiz qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishni yo‘lga qo‘ydi. Bundan tashqari, kompaniya va xodimlar talofat qurbonlariga hayriya yordamini ko‘rsatish maqsadida pul mablag‘larini yig‘moqda. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarimizdagi rasmiy sahifalarda batafsil ma’lumot beramiz», - deya izohladi kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring