Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuchli sel kelishi natijasida talofat ko‘rgan hududlarda telekommunikatsiya tarmoqlari me’yoriy holatda ishlamoqda

Kuchli sel kelishi natijasida talofat ko‘rgan hududlarda telekommunikatsiya tarmoqlari me’yoriy holatda ishlamoqda

Foto: «Mitc.uz»

Joriy yilning 6-may kunidan 7-may kuniga o‘tar kechasi soat 01:00 lardan 03:30 larga qadar Andijon viloyati Xonobod shahrining Teyit va Xidirsha MFYlarida sel kelishi tufayli xonadonlar zararlangan.

Talafot ko‘rgan hududlardagi telekommunikatsiya inshootlarini hamda xavfli hududlardagi telefon stansiyalari va mobil aloqa baza stansiyalari holatini ko‘zdan kechirish va u yerdagi vaziyatni o‘rganish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov boshchiligidagi ishchi guruh Andijon viloyati Xonobod shahriga bordi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlarida ehtimoliy kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni qisqa muddatlarda bartaraf etishni tashkil etish hamda barqaror aloqa xizmatlari ko‘rsatilishini qayta tiklash uchun soha korxonalari hamda mobil aloqa operatorlarning zahira kuchlarini shu hududga safarbar etdi.

Shu bilan birga, aholi evakuatsiya qilingan hududlarda tashkil etilgan muvofiqlashtirish markazlarini zarur aloqa tarmoqlari bilan ta’minlash choralari ko‘rildi.

Xonobod shahrining «Teyit» MFY hududida joylashgan «Unitel» MChJ baza stansiyasi va shu hududdagi «O‘zbektelekom» AK «O‘zMobayl» filialining yangi qurilayotgan baza stansiyasiga hech qanday shikast yetmaganligi aniqlandi.

Shuningdek, Xonobod shahrida joylashgan «O‘zbektelekom» AK Andijon filiali Xonobod shahar telekommunikatsiyalar bog‘lamasi binosining yerto‘lasiga kam miqdorda suv to‘plangan bo‘lib, hozirda Xonobod shahar telekommunikatsiyalar bog‘lamasining ishchi guruh tuzilib, Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi bilan birgalikda binoning yerto‘la qismidagi suvni chiqarib yuborish va Telekommunikatsiya ob’yektlariga yetkazilgan talafotlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring