Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Italiyalik dizayner «o‘lchamsiz» oyoq kiyimini ixtiro qildi

Italiyalik dizayner «o‘lchamsiz» oyoq kiyimini ixtiro qildi

Italiyalik dizayner bolalar va o‘smirlar uchun «o‘lchamsiz» krossovkalar modelini ishlab chiqdi. Ular bolaning oyoqlari o‘sishi bilan osongina kattalashishi mumkin. Ya’ni, krosovkalar 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ota-onalar har yili ular uchun yangi poyabzal sotib olishlari shart bo‘lmaydi.

Mishel di Karlo besh yil davomida 4Steps modeli ustida mashaqqatli mehnat qilib, ushbu oyoq kiyimining birinchi prototipni ishlab chiqdi. Bunda poyabzal o‘lchamini o‘zgartirish uchun 3D printerida bosilgan krossovkani qismlarga ajratish va cho‘zish kerak bo‘ladi.

Krossovkalar egiluvchan va chidamli FilaFlex materialidan, shuningdek, cho‘ziladigan poliuretandan ishlangan.

Umuman olganda, poyabzal uch qismdan iborat: taglik, paypoq shaklidagi qalin mato va asosiy qism. Krossovkalar atigi 123 grammni tashkil qiladi.

Hozircha bunday poyabzalning qancha turishi ma’lum emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring