Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«iPhone 12» bilan chiqmasidan avval tanishamiz (video)

«iPhone 12» bilan chiqmasidan avval tanishamiz (video)

Skrinshot

Internetda «iPhone 12» smartfonlariga bag‘ishlangan rolik paydo bo‘ldi. Uni  YouTube-bloger iupdate joylashtirdi.

Rolikdan ko‘rinib turibdiki, bo‘lg‘usi to‘rt «ayfon» «iPhone 4» va «iPad Pro»ga o‘xshab ketadi. «iPhone 12»ning eng kichik modeliga 5,4 dyuymlik displey o‘rnatiladi, Pro versiyasi esa ikki variantda 6,1-dyuymlik ekran bilan chiqariladi. Displeyning kattasi «iPhone 12 Pro Max» flagmanida — 6,7-dyuym.

Rolikda aytilishicha, barcha yangi qurilmalar OLED-ekranli bo‘ladi va 5G-tarmoqni qo‘llaydi.

Blogerning ta’kidlashicha, 5,4-dyuymli «iPhone» romsiz bo‘lgani uchun, ekrani o‘zinikidan ham kichik «iPhone SE 2» smartfonidan ko‘ra ixchamroq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring