Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Intel»da nuqson topildi. So‘nggi 10 yil ichida ishlab chiqarilgan kompyuterlar xavf ostida

«Intel»da nuqson topildi. So‘nggi 10 yil ichida ishlab chiqarilgan kompyuterlar xavf ostida

«Intel» protsessorlari tizimida jiddiy nuqson aniqlandi.

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

«Intel» protsessorlari tizimida jiddiy nuqson aniqlandi. Bu so‘nggi 10 yil davomida «Intel» chiplari o‘rnatilgan barcha zamonaviy kompyuterlar, jumladan, «Windows», «Linux» va «macOS» boshqaruvida ishlaydigan barcha kompyuterlar ham tegishli, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Nuqson haqida batafsil ma’lumot hozircha ochiqlanmadi va joriy oyning oxiriga qadar maxfiyligicha qoladi. Biroq taxminlarga ko‘ra, ushbu nuqson oddiy «foydalanuvchi» dasturlariga himoyalangan yadro xotirasini boshqarish imkonini beradi.

Ushbu xotirada, loginlar, parollar, keshlangan fayllar va boshqa muhim shaxsiy ma’lumotlar joylashgan bo‘lib, nuqson oqibatida ularga turli zararli dasturlar xavf tug‘dirishi mumkin.

Topilgan zaiflikni o‘chirib qo‘yish uchun yadro xotirasi foydalanuvchi protsessorlaridan «Kernel Page Tabli Isolation» jarayoni yordamida ajratib qo‘yilishi kerak, bu esa o‘z navbatida ayrim mashinalarning ishlash tezligiga ta’sir ko‘rsatadi.

«Linux» va «Windows» o‘rnatilgan kompyuterlar bu kabi holatda 5—30 foizga sekinroq ishlay boshlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring