Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ertaga kibersport bo‘yicha «Adrenaline Online Cyber Cup» onlayn musobaqasi boshlanadi

Ertaga kibersport bo‘yicha «Adrenaline Online Cyber Cup» onlayn musobaqasi boshlanadi

Avval xabar berganimizdek, 16-apreldan 18-aprelga qadar AKT vazirligi IT-Park va Adrenaline Rush bilan birga FIFA va Counter Strike:GO  bo‘yicha kibersport onlayn musobaqani o‘tkazadi.

Musobaqa butun jahonga mashhur FACEIT platformasida Qozog‘iston Respublikasi serverlarida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning birinchi kuni Counter Strike:GO bo‘yicha o‘yinlar chorak finalgacha davom etadi, ikkinchi kuni esa bo3 olimpiya tizimi bo‘yicha chorak finallardan boshlanadi. Uchinchi kun ishtirokchilarni ikkita Grand final va uchinchi o‘rin uchun ikkita match kutadi.

FIFA matchlari guruhlarga bo‘linadi. Guruhlar tizimi ishtirokchilar soni bo‘yicha belgilanadi.

Sovrin jamg‘armasi 60 million so‘mni tashkil qiladi!

Sovrinli o‘rinlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

Counter Strike:GO:

1-o‘rin — 25 million so‘m;

2-o‘rin — 15 mln. so‘m;

3-o‘rin — 10 mln. so‘m.

FIFA:

1-o‘rin — 5 million so‘m;

2-o‘rin — 3 million so‘m;

3-o‘rin — 2 miilion so‘m.

Musobaqa g‘oliblari sovrinlarni jamoa sardori yoki o‘yinchisiga tegishli debet kartaga mablag‘ni o‘tkazish yo‘li bilan olishadi.

Musobaqaning markaziy o‘yinlarini O‘zbekiston kibersport olamida yaxshi tanilgan ekspertlar: Danil «BATKA» va Sergey «Greed» sharhlab boradilar.

Musobaqaning boshlanish vaqti: 16-aprel, 14:00.

Musobaqa IT-Parkning ushbu rasmiy YouTube kanali orqali jonli efirga uzatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring