Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhokama: elektron dalillar sirasiga nimalar kiritiladi?

Muhokama: elektron dalillar sirasiga nimalar kiritiladi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur qonun loyihasi joriy yilning 12-aprel kuni Qonunchilik palatasi deputatalari tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan edi. Ayni vaqtda qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Qonun loyihasiga ko‘ra, elektron dalillar jumlasiga elektron ma’lumotlar (grafik tasvirlar, audio, videoyozuvlar), Internet tarmog‘i manbalari (ijtimoiy tarmoqlar, veb-sahifalar)da saqlanayotgan ma’lumotlar, media va ovozli xabarlar, metama’lumotlar, axborot bazalari va boshqalar kirishi nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasi bilan elektron dalillardan foydalanish asoslari va tartibi belgilanmoqda. Shuningdek, elektron dalillarning ishonchliligini ekspertiza yo‘li bilan tekshirish va ekspertning huquqlari doirasini kengaytirish choralari belgilanmoqda.

Bundan tashqari, qonun loyihasida elektron dalillarni aniqlash, to‘plash, taqdim qilish, tekshirish, baho berish, qayd etish, saqlash tartiblari va bu jarayonda protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari nazarda tutilmoqda.

Ishchi guruhi a’zolari ta’kidlashicha, qonun loyihasi internet tarmog‘i manbalari, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, pochta, veb-sahifalari va boshqa tizimlardagi elektron ma’lumotlardan elektron dalil sifatida foydalanish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, mamlakatning huquq ustuvorligi indeksining fuqarolik odil sudlovi va jinoiy odil sudlov tarkibiy indikatorlaridagi mavqei yaxshilanishiga, shaxs huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishiga xizmat qiladi.

Qonun loyihasini takomillashtirish ishlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring