Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi ilk vodorodli poyezdlar Germaniyada yo‘lga qo‘yildi

Dunyodagi ilk vodorodli poyezdlar Germaniyada yo‘lga qo‘yildi

Foto: Alstom

Germaniyaning Quyi Saksoniya federal yerida dunyoda birinchi bo‘lib to‘liq vodorodli poyezdlar harakatlanadigan temir yo‘l loyihasi amalga oshirildi. CNN yozishicha, 24-avgust kuni 5 ta Coradia iLint poyezdi yo‘nalishga chiqdi, yil oxirigacha ularning soni 14 taga yetkazilib, dizelda yuruvchi poyezdlarning o‘rnini to‘liq egallaydi.

Vodorodli poyezdlarning asosiy afzalligi — havoga zararli chiqindilar ajratmaydi. Bundan tashqari, 1 kilogramm vodorod yonilg‘isi 4,5 kilogramm dizel yonilg‘isining o‘rnini bosadi.

Fransiyaning Alstom kompaniyasi ishlab chiqargan Coradia iLint vodorodli poyezdlari shovqini pastligi bilan ham ajralib turadi. Eng yuqori tezligi — 140 km/soat.

Loyiha qiymati — 93 mln yevro. Buning ichiga vodorodli yonilg‘i quyish stansiyasi ham kirgan.

Bugungi kunda Germaniya temir yo‘llarida jami 4 000 ta dizelli poyezd harakatlanmoqda. Vodorodli Coradia iLint poyezdlari Avstriya, Niderlandiya, Shvetsiya va Polshada ham sinovdan o‘tkazilgan.

22-avgust kuni Hindiston o‘zining birinchi vodorodli avtobusini ishlab chiqargan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring