Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng yirik texnoko‘rgazma eshiklari Rossiya uchun yopildi

Dunyodagi eng yirik texnoko‘rgazma eshiklari Rossiya uchun yopildi

Foto: «Geeknetic»

Dunyodagi eng yirik mobil sanoat ko‘rgazmasi — Mobile World Congress (MWC) Rossiyaga o‘z pavilonlarini ajratishdan bosh tortdi. Ushbu tadbir tashkilotchisi — Global mobil kommunikatsiya tizimlari assotsiatsiyasi (GSMA) ushbu qarorga keldi.

Sabab — Ukraina bilan bog‘liq vaziyat tufayli Yevropa ittifoqi va AQSh qo‘llagan sanksiyalar.

«Biz xalqaro sanksiyalarga asoslanib ishlaymiz, qolaversa, sanksiyalar ro‘yxatida nomlari ko‘rsatilgan kompaniyalarning qatnashishi ham taqiqlangan», — dedi «Reuters» bilan suhbatda GSMA rahbari Jon Hoffman. «Albatta, bu rivojlanib boradigan vaziyat, biz uni kuzatishda davom etamiz», — qo‘shimcha qildi u.

MWC — mobil sanoatning eng yirik ko‘rgazmalaridan biri, 2006-yildan beri muntazam har yili Barselona (Ispaniya)da o‘tkaziladi. Bu safargisi 2022-yilning 28-fevralida boshlanib, 3-martgacha davom etadi. Texnologiyalar ulkan shousiga 40–60 ming kishi kelishi kutilyapti — pandemiya boshlanganidan beri tashkillashtirilayotgan odamlar ishtirokidagi eng yirik tadbirlardan biriga aylanishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring