Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

ChatGPT bir sutkada 500 ming kVt/soat energiya yeydi

ChatGPT bir sutkada 500 ming kVt/soat energiya yeydi

Illyustrativ foto

Sun’iy intellekt ishlash jarayonida juda ko‘p miqdordagi elektr sarflanadi, bu haqda The New Yorker jurnali xabar berdi.

Niderlandiya Milliy banki tahlilchisi Aleks de Fris keltirgan raqamlar jurnalistlarning e’tiborini tortdi. Fris hisoblashicha, har kuni eng ommalashgan ChatGPT chat-boti 200 milliontacha so‘rovga javob toparkan. Ushbu servisga xizmat ko‘rsatuvchi serverlarga buning uchun 500 ming kilovatt-soat energiya zarur.

Mutaxassis ChatGPT iste’molini AQShdagi o‘rtacha xonadon yiliga sarflaydigan 29 kilovatt-soat energiya bilan taqqosladi. Shular asosida Aleks de Fris chat-botning energiya sarfi juda yuqori, ya’ni 17 ming marotaba ko‘p, degan xulosaga keldi.

Sun’iy intellektning elektr tarmog‘iga yuklamasini hisoblash murakkab ish. Tahlilchiga ko‘ra, agar Google o‘z qidiruv tizimiga generativ sun’iy intellektni ulasa, elektr iste’moli yiliga 29 milliard kilovatt-soatga oshib ketadi. Bu, masalan,  Keniya, Gvatemala va Xorvatiya kabi mamlakatlarning yillik elektr iste’molidan ko‘proq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring