Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bunaqasi bo‘lmagan. Global foydalanuvchilar mobil ilovalarga 86 milliard dollar sarflashdi

Bunaqasi  bo‘lmagan. Global foydalanuvchilar mobil ilovalarga 86 milliard dollar sarflashdi

Xitoylik va yaponning smartfonida 100dan ortiq ilova bo‘ladi.

Foto: «App Annie»

O‘tgan yilni sarhisob qilgan «App Annie» kompaniyasi shunday xulosa chiqardi: global foydalanuvchilar mobil ilovalarga 86 milliard dollar sarflashdi. Bu 2015-yilga nisbatan ikki hissadan ham ko‘p (+105 foiz) o‘sish degani. Jami 175 mlrd. iOS va Android ilova yuklab olindi – bu 2015-yilgidan 60 foiz yuqori ko‘rsatkich.

2017-yili har bir foydalanuvchi o‘rtacha 1,5 oyni mobil ilovalarga sarflagan. Bir foydalanuvchi oyiga o‘rtacha o‘zi o‘rnatgan qariyb 80ta ilovadan 40tasini ishlatmoqda. O‘z telefonlariga ilova o‘rnatishda Xitoy va Yaponiya fuqarolariga yetadigani yo‘q: ulardagi har bir smartfonda 100dan ortiq ilova bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring