Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boshqalar o‘ylaguncha... Xitoy Marsni «ishg‘ol qilmoqchi»

Boshqalar o‘ylaguncha... Xitoy Marsni «ishg‘ol qilmoqchi»

Mars yuzasi.

Foto: «NASA»

Xitoy Marsni tadqiq qilish uchun 2020-yilda o‘z zondini uchiradi. Bu haqda Xitoyning Oy dasturi bosh konstruktori U Veyjen jurnalistlarga ma’lum qildi.

2019-yil oxirida XXR Oyga «Chan’e-5» zondini jo‘natadi va u Oy tuprog‘ini olib qaytganidan so‘ng, kelgusi yili Marsga zond uchiradi. Apparat «qizil sayyora»ni bir aylanib chiqib, unga qo‘nadi va sayyorani o‘rganadi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 3 yanvar kuni insoniyat tarixida birinchi marta Oyning ortiga aynan xitoyliklar zond qo‘ndirishgan, hatto paxta ekishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring