Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vazirligida «China Volant Industry» korporatsiyasi vitse-prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

AKT vazirligida «China Volant Industry» korporatsiyasi vitse-prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

Kecha, 25-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «VOLINCO» korporatsiyasi vitse-prezidenti Ten Chunxuey xonim boshchiligidagi mazkur korporatsiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari B.Olmatov xitoylik mehmonlarni qutlar ekan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarining jadal rivojlanib borayotgani, O‘zbekistonda biznes va ishbilarmonlik munosabatlarini yuritish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilganini qayd etib o‘tdi. Jumladan, «Xavfsiz shahar» apparat-dasturiy kompleksini yaratish doirasida mamlakatimizning ushbu yo‘nalishda kelgusida ham o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

O‘z navbatida, «VOLINCO» korporatsiyasi vitse-prezidenti Ten Chunxuey xonim mazkur korporatsiyaning «Xavfsiz shahar» apparat-dasturiy kompleksini joriy etish loyihasi doirasida O‘zbekiston tomoni bilan munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

Suhbat davomida Xitoy investitsiyalarini jalb etgan holda, Samarqand va Buxoro shaharlarida mazkur loyihani amalga oshirish yuzasidan mavjud vaziyat hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring