Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri Oleg Pekosni yuksak mukofot bilan tabrikladi

AKT vaziri Oleg Pekosni yuksak mukofot bilan tabrikladi

Foto: AKT vazirligi

Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq bir guruh yurtdoshlarimiz mukofotlandi.

Farmonga muvofiq Pekos Oleg Andreyevich – O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlandi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlangan AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekosni samimiy muborakbod etdi.

– Bugungi kunda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida eng ustuvor vazifalaridan biridir. Bu borada Oleg Andreyevich va Vazirlik jamoasi tomonidan raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirishga qo‘shilgan hissasi muhim ahamiyatga ega, – deb ta’kidladi AKT vaziri Sh. Sodiqov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring