Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuridik universitet kontraktining taxminiy summasi ochiqlandi

Yuridik universitet kontraktining taxminiy summasi ochiqlandi

Foto: Xabar.uz

Yuridik universitetiga o‘qishga kirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, universitetga abituriyentlar 5 ta fandan test sinovlarida ishtirok etishadi;

- joriy yilda universitet bakalavriati kunduzgi ta’lim shakliga 650 ta o‘rin ajratilgan. Shundan davlat granti asosida 25 ta, to‘lov- kontrakt asosida 625 ta o‘rinni tashkil etadi;

- 2022-yildan ilk marotaba masofaviy ta’lim shakliga ham qabul amalga oshirilmoqda. Qabul parametri 300 ta o‘rindan iborat;

- universitetga xorijiy fuqarolar bakalavriatga o‘qish uchun qabul qilish suhbat asosida amalga oshiriladi;

Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universtitetiga qabul qilish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida universitetda joriy yilda kontrakt summasi stipendiyasiz taxminan ikki ming AQSh dollarini tashkil qilishi mumkinligi aytildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring