Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YuNESKO O‘zbekistonda yangi kafedralar ochmoqda

YuNESKO O‘zbekistonda yangi kafedralar ochmoqda

O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida «Dunyo dinlarini qiyoslama tadqiq etish», «Suv diplomatiyasi, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhit muhofazasi», «Madaniyat turizmi» kabi kafedralar ochilmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) bosh direktori Odri Azule bilan Samarqandda o‘tgan uchrashuvda aytilgan.

Uchrashuvda madaniyat, ta’lim va fan, gender siyosat yo‘nalishlarida hamda ekologiya, jumladan, Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish yo‘nalishida amaliy hamkorlik imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilgan.

YuNESKO O‘zbekistonda «Sharq taronalari», baxshichilik san’ati, hunarmandchilik festivallari, Maqom san’ati anjumani kabi qator yirik xalqaro tadbirlarni o‘tkazishda ko‘mak berib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring