Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OTMlarga qabul kvotalari soni ma’lum bo‘ldi

OTMlarga qabul kvotalari soni ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 2019-2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilishning quyidagi parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev yozdi.

Unga ko‘ra:

a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

kunduzgi ta’lim shakliga – 80 430 nafar;

sirtqi ta’lim shakliga – 19 985 nafar;

kechki ta’lim shakliga – 1 985 nafar;

b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 7 695 nafar.

Shuningdek, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha bosqich talabalariga, o‘z xohishlariga ko‘ra kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda to‘lash huquqi beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring