Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XTV maktab formasi haqidagi nizomga amal qilishni so‘ramoqda

XTV maktab formasi haqidagi nizomga amal qilishni so‘ramoqda

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi «Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 666-sonli qaroriga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

2018 yil 19 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining «Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida 509-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur hujjat bilan 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qarorning 3-bandidagi va 7-bandlarigagina o‘zgartirish kiritilgan.

Mazkur qarorga ko‘ra, yagona maktab formasi 2019-2020 o‘quv yilidan emas, balki 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab joriy etiladi.

509-sonli qaror Vazirlar Mahkamasining «Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomi» hozirgi kunda ham amalda. Shu bois o‘quvchilardan mazkur nizom talablariga rioya etishlari so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring