Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi «elitniy» maktablarga pullik qabul bekor qilindi

Toshkentdagi «elitniy» maktablarga pullik qabul bekor qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan «Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti» keng jamoatchilikni e’tirozlari va muhokamasiga sabab bo‘lgan edi.

Xalq ta’limi vazirligi Toshkent shahridagi 81 ta maktabga qo‘shimcha pullik qabul bo‘lmasligi yuzasidan bayonot bilan chiqdi. 

«Shuni alohida ta’kidlash joizki, 81 ta umumta’lim muassasasida hozirgi kunda o‘quvchilar soni sig‘imiga nisbatan 2-3 barobar ortib ketganligi, sanitar-gigiyenik me’yorlarga mos kelmasligi, o‘quvchilar 2-3 smenada ta’lim olishlari, sinflarda o‘quvchilar soni 45-50 nafarga yetib kelganligi bois, ushbu maktablarda o‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha reglament ishlab chiqilgan edi. Mazkur maktablar Toshkent shahridagi barcha maktab yoshiga yetgan o‘quvchilarni qamrab olish imkoniyatiga ega emas. Ushbu maktablarda qo‘shimcha kvota ularning qabul qilish imkoniyatidan kelib chiqib belgilanadi, barcha maktablarda ham qo‘shimcha kvota belgilanmasligi mumkin. Chunki 81 ta umumta’lim muassasalarining aksariyatida maktab quvvati mikrohududidagi maktab yoshiga yetgan bolalarni qabul qilishga yetadi. Ularda qo‘shimcha kvota uchun imkoniyati (maktab sig‘imi) mavjud bo‘lmasligi mumkin» deyiladi unda.

Loyihada qo‘shimcha kvota asosida pullik qabul bekor qilinmoqda. Ko‘plab ota-onalar Davlat xizmatlari markaziga qo‘shimcha kvota asosida qabul qilish masalasida murojaatlar qilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, ayni kunlarda Davlat xizmatlari markazida 70 % dan ortiq ota-onalar pullik qabul bo‘yicha navbatga turishayotganligi va markaz xodimlaridan pullik qabul qilishni talab qilishmoqda.

Vazirlik ota-onalarni yana bir bor rasman qo‘shimcha kvota pullik asosida amalga oshirilmasligi haqida ma’lum qiladi. Xalq ta’limi vazirligi aholidan Davlat xizmatlari markaziga qo‘shimcha kvota pullik qabul uchun navbatga turmasliklarini, o‘zlarining biriktirilgan mikrohududdagi maktablarga yoki davlat xizmatlari orqali qabul jarayonlari amalga oshirilmaydigan Toshkent shahridagi boshqa 228 ta maktablarning biriga joylashtirishni tavsiya etgan.

Bugungi kunda Davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilinmaydigan Toshkent shahrida 228 ta maktabda qabul jarayonlari davom etayotganligini, ularga 36473 nafar o‘quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan va bugungi kunga qadar 12 469 nafar o‘quvchi o‘rni mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring