Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek tili va adabiyoti universiteti Qirg‘iziston universiteti bilan akademik almashinuv asosida kadrlar tayyorlaydi

O‘zbek tili va adabiyoti universiteti Qirg‘iziston universiteti bilan  akademik almashinuv asosida kadrlar tayyorlaydi

Foto: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Joriy yilning 13-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi  Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga Manas qirg‘iz-turk universiteti rektori, professor Sebahattin Balchi hamda mazkurr universitet prorektori, professor Huseyn O‘gut tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va turkiy xalqlar tili va adabiyotiga doir tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iboratligi ma’lum qilindi.

Foto: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

ToshDO‘TAU prorektori Inomjon Azimov mehmonlar bilan suhbatda Manas universiteti va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘rtasidagi hamkorlik kelgusida natijalar berishini alohida qayd etdi.

Shuningdek, tomonlar  yaqin kelajakda talabalarning yozgi maktablarga tashrifini uyushtirish, akademik almashinuv asosida yetuk kadrlar tayyorlash va professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishlarini nazarda tutgan mustahkam kelishuvga imzo chekdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring