Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Test sinovlari bir kunda ikki smenada o‘tkaziladi

Test sinovlari bir kunda ikki smenada o‘tkaziladi

Foto: «O‘zA»

Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga muvofiq, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini inobatga olib, 2020/2021-o‘quv yili qabulida test sinovlari qoida tariqasida, bir kunda ikki smenada o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Bunda har bir abituriyent uchun binolarda 3 m2 dan kam bo‘lmagan joy ajratiladi.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida sanitariya normalari talablaridan kelib chiqib, imtihonlarda abituriyentlarning ota-onalari va ularning yaqinlari uchun alohida kutish (to‘planish) joylari tashkil qilinmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring