Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Test imtihonlari. 5-avgustdagi test natijalari e’lon qilindi

Test imtihonlari. 5-avgustdagi test natijalari e’lon qilindi

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining beshinchi kuni – 5-avgust natijalari e’lon qilindi.

Test sinovlari 18 ta oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha o‘tkazildi. Ularda 57 676 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 184,8.

To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 164,1 ni tashkil qildi.

O‘rtacha o‘tish bali:

davlat granti – 111,9;

to‘lov-kontrakt – 90,0 ni tashkil qildi.

Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali:

— davlat granti bo‘yicha – 184,8 ball, Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.

— to‘lov-kontrakt bo‘yicha – 164,1 ball, Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.

Test sinovlari natijalarini Davlat test markazining ushbu rasmiy veb-sahifasidan olish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring