Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ta’lim muassasasi rahbariyatining ta’lim sifatiga shaxsiy javobgarligi kuchaytiriladi

Ta’lim muassasasi rahbariyatining ta’lim sifatiga shaxsiy javobgarligi kuchaytiriladi

Foto:«Xabar.uz»

5-sentyabr kuni «Ta’lim sifatini ta’minlash va baholash: Xalqaro yondashuvlar va O‘zbekiston tajribasi» mavzusida seminar o‘tkazildi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Davlat ta’lim muassasalari xamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilingan edi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizdagi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va baholash mezonlari ishlab chiqildi.

Seminarda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bosh boshqarma boshlig‘i Asliddin Odilov bundan buyon har bir ta’lim muassasasida o‘zini-o‘zi baholash orqali ichki ta’lim sifati auditi shakllantirilishi aytib o‘tdi. Bunda ta’lim oluvchilarning maktab hayoti va boshqaruviga oid fikrlari davriy ravishda o‘rganilishi va ular maktab boshqaruvida faol ishtirok etishlari, ta’lim sifatini baholashda maktabning ota-onalar, kuzatuv kengashi, mahalla, bog‘cha va oliy ta’lim muassasalari bilan maktabni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik ishlariga asosiy urg‘u berilishi ma’lum qilindi.

YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ta’lim bo‘limi boshlig‘i Dipa Shankar aytishicha, yoshlarning majburiy ta’limga qamrab olish qariyb ko‘rsatkichi ko‘pgina rivojlangan davlatlarnikida ham yuqori ko‘rsatkichga qariyb 100 foizga yetkazilgan. Biroq ta’lim sifatini baholash bo‘yicha izlanishlar o‘tkazilmagani, ushbu yo‘nalishda aniq ko‘rsatkichlar yo‘qligi sabab mavjud ahvolni haqqoniy baholash imkoni yo‘q edi. So‘ngi 2 yilda esa ushbu yo‘nalishdagi katta islohotlar boshlab yuborildi. Xususan O‘zbekiston yoshlari 2021 yilda (15-16 yoshli o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dastur) xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishlaridan ham O‘zbekiston bolalarning ta’lim olish bo‘lgan huquqining qay darajada ta’minlanayotganligini ya’ni sifatini tekshirishga va bu borada xalqaro miqyosida ishlashga tayyor ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

Seminar davomida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan ta’lim sifatini baholashga yangicha yondashuv, MTMlarda ta’lim sifatini ta’minlash va uni baholash mexanizmlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimi haqida ma’lumot berildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring