Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga rasmiy tashrifi arafasida Toshkentdagi maktabga Gyote nomi berildi

Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga rasmiy tashrifi arafasida Toshkentdagi maktabga Gyote nomi berildi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

Toshkent shahridagi nemis tilini chuqurlashtirgan holda o‘qitish bo‘yicha 60-sonli ixtisoslashgan maktabga nemis shoiri va mutafakkiri Iogann Volfgang fon Gyote nomi berildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

60-sonli ixtisoslashgan maktabiga nemis shoiri va mutafakkiri Iogann Volfgang fon Gyote nomi berilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim 2019-yilning 15-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

Marosimda O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili Kristofer Fuks, Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Ta’kidlash kerakki, Toshkent shahridagi nemis tilini chuqurlashtirgan holda o‘qitish bo‘yicha 60-sonli ixtisoslashgan maktabiga nemis shoiri va mutafakkiri Iogann Volfgang fon Gyote nomi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga rasmiy tashrifi arafasida berildi.

Germaniya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim hamkorlaridan biri. Shu boisdan ham ikki mamlakat orasidagi aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda.

2017-2018-o‘quv yiliga nisbatan 2018-2019-o‘quv yilida nemis tili o‘qitiladigan maktablar soni 54 taga (jami 1677 maktab), nemis tilini chuqurlashtirgan holda o‘qitish bo‘yicha ixtisoslashgan maktablar soni 4 tadan 9 taga oshdi. Nemis tili o‘quvchi sinflar soni 14081 dan 14 525 taga (farq 444), nemis tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar soni 340 560 dan 355064 nafarga ko‘paydi (farq 14504).

Bugungi kunda O‘zbekistonda 1677 maktabda (2017-2018-o‘quv yiliga nisbatan 54 maktab ko‘p) 355 mingdan ziyod o‘quvchilar nemis tilini o‘rganmoqda. O‘rta ta’lim maktablarida 3 ming nafar nemis tili o‘qituvchilari faoliyat yuritmoqda. To‘qqiz maktabda nemis tili chuqurlashtirgan holda o‘qitiladi.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi Gyote Institutining Toshkent filiali va Germaniyaning xorijdagi maktablari Markaziy boshqarmasi bilan «Maktablar: kelajak hamkorlari» loyihasi doirasida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida nemis tilini o‘qitishni rivojlantirish va takomillashtirish uchun hamkorlik qilmoqda.

Hozirgi kunda Gyote instituti olti maktabga (Toshkent shahrida 112-sonli, Urganch shahridagi 19-sonli, Xiva shahridagi 9-sonli, Buxoro shahridagi 4-sonli va Andijon shahridagi 23- va 4–sonli maktablar) nemis tilini chuqur o‘rganishda yoki ularni fan sifatida joriy etishda ko‘mak bermoqda.

Germaniyaning xorijdagi maktablari Markaziy boshqarmasi va olti umumiy o‘rta ta’lim (Toshkent shahrida 60- va 107-sonli, Samarqand shahridagi 51-sonli, Buxoro shahridagi 4-sonli va Marg‘ilon shahridagi 6-sonli va Farg‘ona shahridagi 10–sonli) maktablar o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

Germaniyalik hamkorlar maktablarda nemis tilini o‘qitish va o‘qituvchilarning malakasini oshirish uchun qo‘l keladigan zamonaviy multimedia o‘quv qo‘llanmalari va texnik tomondan ko‘mak berib kelmoqda.

2018 yil davomida Germaniyada tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida 17 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi. Hozirda ular nemis tilini o‘qitish bo‘yicha maktablarda pedagogik faoliyat yuritmoqda.

Har yili hamkor maktablarning nemis tili o‘qituvchilari uchun turli seminar va treninglar tashkil etilmoqda. Hamkor maktablarning nemis tili o‘qituvchilari Germaniyada malaka oshirish kurslari va seminarlarda ishtirok etish uchun stipendiyalar olmoqda.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati tashabbusi bilan Toshkent, Samarqand va Buxoro shahridagi nemis tilini chuqurlashtirgan holda o‘qitishga ixtisoslashgan umumta’lim maktablariga I.V.Gyote, Y.Shiller i V.Fon Gumbolt nomlari beriladi.

«Shubhasiz, bu tashabbus O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida madaniy va gumanitar sohasida aloqalarni mustahkamlashga va O‘zbekistonda nemis tilini ommaviylashtirishga qaratilgan», — dedi vazir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring