Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi
Samarqand viloyati hokimligida bugun, 17-yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Karimov Zafar Nurullayevich Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i sifatida tanishtirildi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2019-yil 16-yanvardagi buyrug‘i bilan viloyat boshqarmasiga rahbar etib tayinlangan Z.Nurullayev shu paytgacha «Savdogarbank» Samarqand viloyat filiali boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.
Samarqand viloyati xalq ta’lim boshqarmasiga shu paytgacha Rustam Yuldashev rahbarlik qilib qilayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter