Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryolik mehnat faxriysi universitet talabalari uchun stipendiya joriy etdi

Qashqadaryolik mehnat faxriysi universitet talabalari uchun stipendiya joriy etdi

Foto:«Facebook»

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi 83 yoshli mehnat faxriysi Muxtor Shapsanov Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining fizika fakulteti talabalari uchun Muxtor Shapsanov nomidagi stipendiya ta’sis etdi. Bu haqda qashqadaryolik ijodkor Lola O‘roqova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. 

Stipendiya fakultet kengashi qaroriga asosan yuqori kurslarda tahsil oluvchi 2 nafar a’lochi talabaga beriladi.

Muxtor ota birinchi stipendiyalarni fizika fakultetining uchinchi va to‘rtinchi bosqichida tahsil oluvchi namanganlik va buxorolik talabalarga 30 oktyabr kuni topshirgan.

“Stipendiya bundan keyin har oyning 8-sanasida topshiriladi, – deydi Muxtor ota. – Nasib etsa, 6 dekabr kuni Toshkentga ketayapman. 8 dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida eng iqtidorli 2 nafar talabaga stipendiyani berib qaytaman".

Muxtor Shapsanov nomidagi stipendiyaning miqdori 600 ming so‘mni tashkil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring