Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pedagoglarni tayyorlashda sirtqi ta’limga qabul amalga oshirilmaydi

Pedagoglarni tayyorlashda sirtqi ta’limga qabul amalga oshirilmaydi

Illyustrativ foto

2025/2026-o‘quv yilidan pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakli bo‘yicha tashkil etilib, sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmasligi Prezident farmonida belgilandi.

Farmonga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha:

  • pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakli bo‘yicha tashkil etilib, sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;
  • oliy pedagogik ta’lim yo‘nalishida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.

2025/2026-o‘quv yilidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda universitet (Nizomiy — tahr.)ning xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan ta’lim yo‘nalishlarida dars berish uchun professor-o‘qituvchilarni tanlab olish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

2026/2027-o‘quv yilidan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida «Gospital pedagogika» magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

2026-yil 1-sentyabrdan respublikadagi mavjud pedagogika texnikumlarining o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi farmon asosida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring