Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston maktablarida dars berish uchun xorijdan 500 nafar «til egalari» olib kelinadi

O‘zbekiston maktablarida dars berish uchun xorijdan 500 nafar «til egalari» olib kelinadi

Poytaxtimizda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan xorijiy tillarni o‘qitish uchun chet el fuqarolarini jalb etish loyihasi doirasida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan maktablarda ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha yangi vazifalar belgilanganini ta’kidladi.

Trening avvalida xorijiy til fanlarining ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar hamda o‘qitish metodikasi haqida ta’kidlab o‘tildi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda maktabda dars berish uchun xorijdan 500 nafar «til egalari» olib kelinishi rejalashtirilmoqda.

Yangi tizim joriy qilinadigan maktablar ko‘payishi hisobga olinib, kelgusi yilda yana 1,5 ming mutaxassis olib kelinishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring