Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi chet ellik talabalarning yarmiga yaqini Xorazmda o‘qimoqda

O‘zbekistondagi chet ellik talabalarning yarmiga yaqini Xorazmda o‘qimoqda

O‘zbekistonda jami 2377 chet ellik talaba ta’lim olmoqda. Xorijlik talabalarning eng ko‘pi – 1332 nafari Xorazm viloyatida tahsil oladi. Bu haqda Innovatsion rivojlantirish vazirligi axborot xizmatiga asoslanib «Turon 24» agentligi ma’lum qildi. 

2018-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonda chet ellik talabalarni o‘qitishdan tushgan daromad 12,1 mlrd so‘m va 106,4 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Milliy valyutada "ta’lim" investitsiyalari hajmi bo‘yicha Buxoro viloyati yetakchi o‘rinni egallaydi – 3,3 mlrd so‘m. Xorijiy valyuta hajmi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda – 75,9 mln dollar.

Xorijiy talabalarning eng kam soni Namangan viloyatida – u yerda 2 nafar chet ellik talaba o‘qiydi, «ta’lim» daromadi bo‘yicha eng kam miqdor Navoiy viloyatiga to‘g‘ri keladi – 10,7 mln so‘m.

Chet el talabalari respublikaning umumiy 54 ta oliy ta’lim muassasasida tahsil oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring