Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bu yilgi maktab ta’tillari jadvali e’lon qilindi

Bu yilgi maktab ta’tillari jadvali e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Amaldagi tartibga ko‘ra o‘quv yili 2-sentyabrdan 25-mayga qadar davom etadi. O‘quv yil 34 xaftadan iborat 4 ta chorakka bo‘linadi, har bir chorak oralig‘ida ta’tillar belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilda tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, ta’til kunlari quyidagicha belgilangan:

  • kuzgi ta’til- 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
  • qishqi ta’til- 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
  • bahorgi ta’til - 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
  • yozgi ta’til - 26-maydan 1-sentyabrga qadar davom etadi.

1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

«Ma’lumki, pandemiya sharoitida o‘quv yili 14 sentyabrdan boshlandi. Hozircha ta’til kunlariga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilmagan, ta’til kunlarining o‘zgarishi zaruriyati yuzaga kelganda Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi va bu haqda keng jamoatchilik xabardor qilinadi», deyiladi XTV matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring