Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avgustda milliy OTMlar reytingi e’lon qilinadi

Avgustda milliy OTMlar reytingi e’lon qilinadi

Foto: Xabar.uz

Ma’lumki, yurtimizda Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities kabi nufuzli agentliklar reytingida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy OTMlarning diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (sinovlarsiz) tan olinadi.

Yaqinda Quacquarelli Symonds (QS) reyting agentligi 2021 yil uchun dunyoning TOP-1000 taligidan o‘rin olgan universitetlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu reytingdan dunyoning 80 ta davlatidan 1002 ta yetakchi oliy ta’lim muassasalari joy oldi.

Dunyo TOP-1000 taligidan o‘rin olgan OTMlar soni bo‘yicha AQSh 151 ta, Buyuk Britaniya 84 ta, Germaniya 45 ta va Yaponiya 41 ta OTM bilan yetakchilik qilgan. Shuningdek, Rossiyadan 28 ta va Qozog‘istondan 10 ta OTM dunyoning kuchli TOP-1000 taligidan o‘rin olgan.

Mazkur reytingda yetakchilikni ketma-ket to‘qqiz yildan buyon Massachuses texnologiya instituti (MIT) egallab kelmoqda. Navbatdagi o‘rinlarni mos ravishda Stenford va Garvard universitetlari band etishgan.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, mamlakatimizda ta’lim sifatini ob’yektiv va shaffof baholab borish, oliy ta’lim muassasalarining xalqaro tan olingan reytinglarda o‘rin olishlariga ko‘maklashish maqsadida milliy reyting tizimi (http://reyting.tdi.uz/school/) joriy etilgan.

Milliy reyting tizimidagi baholash indikatorlari dunyoning yetakchi xalqaro agentliklari mezonlaridan namuna olgan holda, Times Higher Education, QS va Elsevier kabi nufuzli tashkilotlarning ekspertlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Bu yilgi milliy OTMlar reytingi joriy yilning avgust oyida e’lon qilish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida respublikamizdagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish nazarda tutilgan. Shu maqsadda O‘zMU, TIQXMMI, TDTU, TATU, SamDU, TDAU, UrDU, TTA, Turin politexnika universiteti, QQDU kabi oliy ta’lim muassasalari tanlab olinib, ularni xalqaro reytingga kiritish rejalashtirilgan.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring