Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Akfa universiteti tashkil etildi

Toshkentda Akfa universiteti tashkil etildi

Foto: «AKFA Medline»

Akfa universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan tashkil etilgan Akfa universitetda fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitet mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

Universitetda ta’lim jarayoni ingliz tilida yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi va qoidalari xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari Universitet tomonidan belgilanadi. 

Universitetda ta’lim olish to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot sifatida e’tirof etiladigan diplom beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring